Har seshanba — yangi o‘yin

Samarqanddagi eng maroqli quiz

Do‘stlaringizni yig‘ing, jamoa bo‘lib keling va aql, tezlik hamda emotsiyalar to‘la kechani o‘tkazing. Rebuslar, rasmli savollar, kino va musiqa raundlari — zerikishga vaqt qolmaydi.

20+o‘tkazilgan o‘yin
10 gachakishilik jamoalar
50 000so‘m / kishi
Qanday o‘ynaladi

4 qadam — va siz o‘yindasiz

Aqlli bo‘lish shart emas. Kino ko‘rgan, musiqa tinglagan va do‘stlar bilan mazmunli vaqt o‘tkazishni istaganlar uchun joy bor.

Jamoa yig‘ing

10 kishigacha bo‘lgan jamoa tuzing: do‘stlar, hamkasblar yoki kursdoshlar. Jamoaga qiziqarli nom o‘ylab toping.

Joy band qiling

Saytdagi forma orqali 1 daqiqada ro‘yxatdan o‘ting. Biz siz bilan bog‘lanib, joyni tasdiqlaymiz.

Keling va o‘ynang

Seshanba kuni kechqurun bir necha raund: savollarga jamoa bo‘lib javob topasiz, ballar jadvalda yuritiladi.

Sovrinlarni oling

G‘oliblar, “Ekvator”, “Zato shohsupadamiz” va lototron orqali tanlanadigan 10 nafar omadli ishtirokchi.

Raundlar

Intellektual va emotsional

Har o‘yin turli raundlardan iborat: bilim ham, sezgi ham, jamoaviy ruh ham kerak bo‘ladi.

Intellektual

Variantli savollar

To‘rt variantdan to‘g‘risini toping — bilim va mantiq sinovi.

Intellektual

Rasmli savollar

Kadr, joy yoki shaxsni rasmga qarab aniqlang.

Intellektual

Rebuslar

Harflar, rasmlar va belgilardan yashirin so‘zni yeching.

Emotsional

50/50

Ha yoki Yo‘q — ikki javobdan birini tanlang. Sezgi va tavakkal raundi.

Emotsional

Kino raundi

Sevimli filmlaringizni kadr va sahnalardan taniy olasizmi?

Emotsional

Musiqa raundi

Bir necha soniyalik parchadan qo‘shiqni toping va birga kuylang.

Sovrinlar va nominatsiyalar

Bu yerda faqat g‘oliblar yutmaydi

Jadvalning tepasi ham, o‘rtasi ham, hatto pastrog‘i ham — har bir o‘ringa o‘z mukofoti bor.

Top-3 jamoa

Eng ko‘p ball to‘plagan uch jamoa sovrin va shohsupada suratga tushish huquqini oladi.

“Ekvator”

Jadvalning aynan o‘rtasidagi jamoa uchun. Oltin o‘rtalik ham g‘alaba!

“Zato shohsupadamiz”

Oxiridan ikkinchi o‘rindagi jamoa ham shohsupaga chiqadi. Ha, jiddiy.

Lototron

Har o‘yinda lototron 10 nafar ishtirokchini tasodifiy tanlaydi — ularni shirinlik kutadi. Omadingizni sinab ko‘ring:

Emotsiyalar

Seshanba kechalari shunday o‘tadi

Hayajon, kulgi, “voy, bilardim-ku!” lahzalari va g‘alaba qichqirig‘i. Ko‘proq kadrlar — Instagram sahifamizda.

@maroqandquiz
Korporativ o‘yinlar

Jamoangiz uchun alohida quiz

Ofis, bank yoki o‘quv markazi jamoasi uchun maxsus o‘yin tashkil qilamiz — team building, bayram yoki shunchaki yaxshi kecha uchun.

  • Savollar sizning soha va kompaniyangiz mavzusida
  • Boshlovchi, jadval va sovrinlar — hammasi bizdan
  • Bir necha bo‘lim o‘rtasida musobaqa
Korporativ o‘yin so‘rash
Ro‘yxatdan o‘tish

Jamoangiz uchun joy band qiling

Joylar soni cheklangan — jamoangiz uchun oldinroq joy band qiling.

50 000 so‘m / kishi boshiga
  • 📅 Har seshanba,
  • 📍
  • 👥 Jamoada 10 kishigacha
  • ✈️ E’lonlar: t.me/maroqAndquiz
Biz haqimizda qayerdan eshitdingiz?

Yuborganingizdan so‘ng tashkilotchilarimiz siz bilan bog‘lanib, joyni tasdiqlaydi.

Ko‘p beriladigan savollar

Savollaringiz bormi?

Juda bilimdon bo‘lishim shartmi?

Yo‘q. Savollar turli mavzularda: kino, musiqa, rasmlar va rebuslar ham bor. Jamoada har kim o‘z kuchli tomonini topadi — asosiysi, yaxshi kayfiyat.

Jamoada necha kishi bo‘ladi?

Jamoada 10 kishigacha bo‘lishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tishda ishtirokchilar sonini ko‘rsating.

Ishtirok narxi qancha?

Kishi boshiga 50 000 so‘m.

O‘yin qayerda va qachon bo‘ladi?

Jamoam yo‘q bo‘lsa-chi?

Telegram yoki Instagram Direct orqali bizga yozing — vaziyatingizga qarab variantini birga topamiz.

Sovrinlar qanday?

Top-3 jamoa, jadval o‘rtasidagi “Ekvator” va oxiridan ikkinchi o‘rindagi “Zato shohsupadamiz” jamoalari taqdirlanadi. Bundan tashqari lototron orqali 10 nafar ishtirokchi tasodifiy tanlanib, shirinlik bilan mukofotlanadi.

Keyingi o‘yin

Seshanba kuni ko‘rishamiz!

Joy band qilish